Ro‘ziqul Berdievni tabriklaymiz!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbek futbolida o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lgan murabbiylar u qadar ko‘p emas. Biroq ana shunday sifatga ega bo‘lgan mutaxassislardan biri sifatida Qarshining "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdievni keltirib o‘tishimiz mumkin.

Ro‘ziqul Berdiev “Nasaf” klubi bosh murabbiyiligida chempionatimizda 4ta bronza va 1ta kumush medal qo‘lga kiritildi. Shuningdek, jamoamiz yana bir martadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogida ham zafar quchdi. 4 marta esa O‘zbekiston Kubogi finalchisi bo‘ldi. 3 marta O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan Berdiev, 5 marta Osiyo Chempionlar ligasida “Nasaf” bosh murabbiyi sifatida ishtirok etdi. 

Shunday ekan, SPORTS.uz jamoasi bugun o‘zining 47 yoshini nishonlayotgan mutaxassisni tavallud ayyomi bilan tabriklaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!