
Runi: Hali ham APLda o‘ynashga kuchim etadi
Ayni damda faoliyatini AQShning "Di Si Yunayted" klubida davom ettirayotgan hujumchi Ueyn Runi hamon APLda o‘ynashga kuchi etishini aytdi.
“Men har doim o‘zimga ishonganman va shu sababli oldimga yuqori maqsadlarni qo‘yaman. Meni hali ham APLda o‘ynashga kuchim etadi. Bunga ishonchim komil”, - deydi angliyalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, Runi faoliyati davomida premer-ligada "Everton" (2002-2004; 2017-2018) hamda "Manchester Yunayted" (2004-2017) klublarida to‘p surgan. U o‘tgan mavsum "Di Si Yunayted" safida jami 21ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar