
Ruslan Nuriddinov og‘ir atletika bo‘yicha yilning eng yaxshi sportchisiga aylanishi mumkin
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi yilning eng yashi og‘ir atletikachisini bo‘yicha so‘rovnoma e’lon qildi.
Biz uchun e’tiborli jihati ushbu sovringa da’vogar sportchilar qatorida hamyurtimiz Ruslan Nurudinov ham zikr etilgan.
Xususan, Jenő Boskovics Lifter of the Year Trophies for 2016” sovrini uchun tashkil etilgan so‘rovda ayollardan xitoylik Den Vey va Ksyang Yanmey, Xitoy Taypeyi vakilasi Xsu Shu-Ching, tailandlik Srisurat Sukanya, Sopita Tanasan va Shimoliy Koreya vakilasi Rim Jong Simlanomzodi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, ushbu sovrining eng yaxshi erkak sportchisi bo‘lish uchun esa, hamyurtimizdan tashqari Osiyodan qozog‘istonlik Nijat Rahimov, eronlik Kianush Rustami, xitoylik Long Tsingyuuan va Evropadan Gruziya vakili Lasha Talaxadze va Janubiy Amerika mintaqasi vakillaridan esa kolumbiyalik Oskar Figeroaning nomzodi ko‘rsatib o‘tilgan.
Qayd etish joiz, ovoz berish jarayonlari joriy yilning 31 dekabriga qadar davom etadi.
Fikrlar