Rustam To‘laganovni tabriklaymiz!
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati kumush medal sohibi, Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To‘laganovning oilasida quvonchli voqea yuz berdi.
Rustam qiz farzandli bo‘ldi va chaqaloqqa yaxshi niyat bilan Amira deb ism qo‘yildi.
Mahoratli bokschimizning o‘zi ayni paytda AQShda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Olimpiadadan so‘ng biroz tanaffus qilgan hamyurtimiz faoliyatini professional ringda davom ettirishga qaror qilgan.
SPORTS.uz axborot portali Rustam To‘laganovni yana bir karra tabriklab, oilasiga tinchlik-farovonlik, faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaydi.

Fikrlar