
Sadio Mane "Liverpul"dagi raqamini o‘zgartirdi (FOTO)
“Liverpul” klubi hujumchisi Sadio Mane jamoadagi raqamini o‘zgartirdi.
Klub rasmi sayti tarqatgan xabarga ko‘ra senegallik futbolchi yangi mavsumdan boshlab 10-raqam ostida harakat qiladi. Eslatib o‘tish lozimki, u o‘tgan mavsumda 19-raqamda o‘ynagan edi. Bungacha esa ushbu raqam o‘tgan qish “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Filippe Koutinoga tegishli edi.
Ma’lumot uchun, APLda ushbu raqam ostida “Liverpul” sharafini Jon Barns, Luis Garsiya, Maykl Ouen hamda Andrey Voronin kabi futbolchilar himoya qilishgan.
Fikrlar