Salax Goal.com talqini bo‘yicha ham 2017 yildagi eng yaxshi arab futbolchisi deb topildi
Goal.com internet-nashri “Liverpul” hujumchisi Muhammal Salaxni yakunlangan 2017 yildagi eng yaxshi arab futbolchisi deb topdi.
Ta’kidlash lozimki, misrlik futbolchi o‘tgan mavsum “Roma” safida A Seriyada o‘z nomiga 16ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan bo‘lsa, joriy mavsum APLning o‘tgan 24ta tur yakunlariga ko‘ra hozircha 19ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Bundan tashqari Salax o‘tgan yil Misr terma jamoasining Afrika millatlar kubogi finaligacha etib borishiga hamda terma jamoasining JCh-2018ga yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga juda katta hissa qo‘shdi.
Kuchli uchlikdan shuningdek Saudiya Arabistoni terma jamoasi forvardi Omar Al-Soma hamda suriyalik Omar Xarbinlar joy olishdi.

Fikrlar