San’at Shixov: Futbolchilar qancha maosh olishini muxlislar ham bilishi kerak

  • 23 dekabr, 2018, 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Buxoro" safida o‘tkazgan tajribali yarim himoyachi San’at Shixov SPORTS.uz muhbiri bilan suhbat davomida futbolchilarning qancha pul olishlarini oddiy muxlislar ham bilishi kerakligini va bu O‘zbekistonda nega sir saqlanishiga ajablanishini aytdi.

Tecno

- «Buxoro»da ko‘tarma pullarimning yarmi qolib ketgan deyapsiz. Sir bo‘lmasa, bu qancha miqdorni tashkil qiladi. Shuningdek, klubning sizdan qancha oylik maosh qarzi qolgan?

- Meni hech nimadan yashiradigan narsam yo‘q, bemalol aytardim. Ammo shartnomada olayotgan pullar sir tutilishi haqida band bor. Aslida esa qarzdorlikning miqdorini aytish menga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Agarda pullarning miqdorini aytsam, menga klub tomonidan katta jarima qo‘llanilishi mumkin. Eshitishimcha, PFL yangi shartnomalar ustida ish olib borayotgan ekan. Futbolchilarning oylik maoshlari qancha ekanligini muxlislar bilishga haqqi bor. Aslida futbol olamida kimning qancha haq olayotgani ochiq-oydin aytiladi. Bizda esa hali ham sir tutilishiga ochig‘i tushunmayman. Kimdan sir saqlanadi? Bunga PFLning aloqasi bo‘lmagan va asosan bunday bandni klublarning o‘zlari o‘ylab topishgan.

Shixov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimizda o‘qiysiz. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!