Sanjar finalda o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istondagi "Fyuchers" turnirida hamyurtimiz Sanjar Fayziev juftlik bellashuvlarida finalga chiqdi.

 

Musobaqada qozog‘istonlik Timur Xabibulin bilan hamkorlikda o‘ynayotgan Sanjar Fayziev dastlabki ikki uchrashuvda Chexiya vakillari Marek Gengel va Tomash Papikni 6:4, 7:6, rossiyalik Markos Kalovelonis va Denis Matsukevichni 7:6, 4:6, 10:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Yarim final bahsida Sanjar va Timur niderlandiyalik Nils Lutsma hamda Botik van de Zandshulp bilan raqobatlashdi. Evropalik tennischilar faqat birinchi bo‘limda jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Biroq, birinchi setda hamyurtimiz o‘z sherigi bilan 7:6 hisobida ustun kelshach, ikkinchi partiyadagi g‘alaba nisbatan oson qo‘lga kiritildi - 6:3.

Sanjar Fayziev va Timur Xabibulin yangi mavsumdagi dastlabki final uchrashuvida ukrainalik Vladislav Manafov va rossiyalik Aleksandr Povlyuchenkovga qarshi kortga chiqadi.

SPORTS.uz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!