Sapata to‘purarlik poygasida Ronalduga etib oldi

  • 20 yanvar, 2019, 20:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" klubi forvardi Duvan Sapata bugun A Seriyaning 20-turida "Frozinone"ga (5:0) qarshi o‘yinda 4ta gol urishga erishdi.

Tecno

E’tiborlisi 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi shu tariqa o‘z hisobidagi gollar sonini 14taga etkazib oldi va bu borada musobaqa to‘purari hisoblangan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga (14) etib oldi. “Jenoa” forvardi Kshishtof Pentek hisobida esa 13ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, Sapata “Atalanta” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!