Sardor Rashidov bugun yangi jamoasida debyut qilishi mumkin

  • 3 fevral, 2019, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

BAAdagi Osiyo kubogi paytida Portugaliyaning “Nasonal” klubi bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Sardor Rashidov yangi jamoasi safiga borib qo‘shilgani borasida xabar bergan edik. Hamyurtimiz yangi jamoasida 77-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Tecno

E’tiborlisi, “Nasonal” bugun Portugaliya Primeyra ligasi doirasida “Vitoriya Setubal” klubiga qarshi bahs olib boradi. Rashidov aynan mana shu uchrashuvda o‘z debyutini o‘tkazishi kutilmoqda. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “Nasonal” ayni damda 19ta o‘yindan so‘ng 19 ochko bilan musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!