Sarri Italiya terma jamoasi a’zosini "Chelsi"ga olib kelmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi "Fiorentina" vingeri Federiko Kezaga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “aristokratlar” 20 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosini qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘rishadi. Boisi, Kezaga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri qiziqib qolgan.
Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum “binafsharanglilar” safida jami 3ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar