
Sarri: Ryudiger kamida 3-4 hafta maydonga tusholmaydi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri kecha "Vest Xem"ga (0:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan himoyachi Antonio Ryudigerning qachon safga qaytishi mumkinligini aytdi.
“Men avval shifokorlar bilan gaplashishim kerak. Hozircha bu borada aniq bir ma’lumotga ega emasman. O‘ylaymanki jarohat u qadar jiddiy emas. Antonioning sog‘ayishi uchun taxminan 3-4 hafta vaqt talab etiladi”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Ryudiger ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi va uning o‘rniga uchrashuvni Gari Kexill davom ettirdi.
Fikrlar