
“Sarrismo”ni qutqarib qolishning uch yo‘li (Erkin G‘aybullaev blogi)
Agarda italiyalik murabbiy “Stemford Bridj”da to‘liq mavsumni o‘tkazmasdan iste’foga chiqarilishi noto‘g‘ri bo‘ladi, ammo zamonaviy futbolda maydonda va uning tashqarisidagi natijalar tezkor qaror qabul qilishni talab qiladi.
Sarri sabrli bo‘lishi kerak ammo uning shogirdlari so‘nggi vaqtlarda darhaqiqat o‘ta yomon sport formasida. So‘nggi 10 uchrashuvning naq beshtasida mag‘lub bo‘lishdi. Beshta o‘yindan to‘rttasi “kuchli oltilik”ka qarshi o‘tkazildi. Londonliklar ularga qarshi bellashuvlarda naq 11 gol o‘tkazib yubordi va birorta gol ham ura olmadi. Bu ularning har qachongidan ham o‘ta abgor holatga tushib qolganidan darak beradi.
Beshta mag‘lubiya ichida “Bornmut”dan yirik 4-0 hisobi borligi odamni ancha o‘ylantirib qo‘yadi. Bugun Evropa Ligasi doirasida “Malmyo” ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan qat’iy nazar Sarrismoga bo‘lgan ishonch ancha pasaydi. Bu Karabao Kubogida “Manchester Siti”dan engilganidan keyin italiyalik murabbiyning lavozimi savol ostiga qo‘ydi.
Ammo Sarri jamoasida hammasini izga solishga harakat qilmoqda, biroq tizimdagi uzilish unga qimmatga tushmoqda. Xo‘sh, qanday qaror uning “Stemford Bridj”dagi faoliyati uzoqqa cho‘zilishiga yordam berishi mumkin?
- Jorjinoni rotatsiya qilish
“Chelsi” Jorjino uchun kurashda “Manchester Siti”ni dog‘da qoldirgandi. Aslida italiyalik futbolchi “shaharliklar”ga o‘tishga rozilik bildirgandi. Biroq “Napoli”da birgalikda yuqori natijalarga erishgan sevimli murabbiyi London klubiga o‘tayotganini eshitgani zaxoti “Chelsi” taklifini qabul qilib qo‘ya qoldi.
Qog‘ozda barchasi a’lo darajada eji. “Chelsi” Jorjino kabi o‘yinni nazorat qiluvchi birortasiga muhtoj edi. Boshida uning aql bovar qilmas uzatmalari soni ijobiy ta’sir qilayotgani haqida tinmay bong urildi. Ammo qish oylari yaqinlashganidan keyin ishlar umuman yurishmay qo‘ydi.
Jorjinoning qiyinchiliklarga uchrashi hech kimga sir emas. Bu uning o‘yin qobiliyati haqida emas. Klubning qolgan futbolchilari optimal sport formasida bo‘lmagan bir pallada u ham hech narsa qila olmaydi. Asosiy pleymeyker oldingidek o‘ta yuqori darajasini ushlab tura olmagani ham ta’sir qilmay qo‘ymadi.
Demak, unga ham dam berib turish kerak. Uni tushiravermasdan to‘pga yaxshi egalik qiladigan Mateo Kovachich kabi birortasi bilan rotatsiya qilish kerak. Xorvatiyalik futbolchi uch kishilik yarim himoyada Jorjinoning yonidan joy oldi. Muxlislarni o‘ylantiradigan narsa ikkalasini ham bir jihat – to‘pga egalik qilish birlashtirib turadi.
Sarri esa ularni ikkalasidan bir vaqtda foydalanib to‘p nazoratini yanada kuchaytirmoqchi bo‘ldi. Ammo bu ularning foydasiga ishlamayapti. Shunday ekan Kovachichni Jorjino bilan rotatsiya qilgan ma’qulroq. Bu italiyalik futbolchiga jismoniy holatini bir maromda saqlashiga yordam beradi.
- Turli zaxira futbolchilaridan foydalanish
“Chelsi”ning “Manchester Yunayted”ga qarshi Angliya Kubogi doirasidagi o‘yindan oldingi asosiy tarkibi bo‘ldi. Hamma ijtimoiy tarmoqlarda “ko‘klar”ning o‘yinga tushadigan tarkibini e’lon qilinmasidan avval topib bo‘lishdi. Kovachich Barkli o‘rniga, Villian Pedroning o‘rniga (yoki teskarisi) tushirilmoqda.
Agarda Kovachich Jorjinoning o‘rniga tushirilsa haqiqatdan bu yangi o‘zgarish bo‘ladi. Sarri o‘z tarkibidagi futbolchilardan maksimal tarzda yanada qiziqarli o‘zgarishlar qilgani yaxshi.
- Yoshlardan foydalanish
“Chelsi”ning yosh futbolchilari xususan, Kallum Xodson-Odoi va Ruben Loftus-Chik darhaqiqat ajoyib iqtidor egalari hisoblanadi. Ularning iste’dodi emas, aynan klub tarbiyalanuvchilari ekanligi ham ancha ijobiy holat bo‘ladi. Bu ham Sarrismoni saqlab qolishning bir yo‘li.
Agarda klub qiynalayotgan bo‘lsa, g‘alabali o‘yinlar yo‘q bo‘lsa, haftada bir marta maydonga tushish uchun Loftus-Chik va Xadson-Odoilarning haqqi bor! Ular klub afsonalarining o‘yinlarini kuchaytirishda asqotishi mumkin. Stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun akademiya tarbiyalanuvchilarning asosiy tarkibga yorib kirishi va o‘z o‘rnilariga ega bo‘lishini kuzatishdan ajoyib holat yo‘q.
Boz ustiga ular rostdan iqtidorli. Loftus-Chik Ngolo Kante va Jorjino yonida uchinchi bo‘lishga loyiq. To‘p bilan muomala qilish, uzatma oshirish, zarba yo‘llash kabi sifatlari yuqori saviyada. Jismonan baquvvat, texnikasi ajoyib. U “Chelsi”ning Marek Gamshiki bo‘lishi mumkin.
Xadson-Odoi esa vinger sifatida jamoadan o‘rin olishi mumkin. Balki Azarning “Real”ga o‘tishidan keyin unga munosib o‘rinbosar bo‘lar... “Ko‘klar” belgiyalik etakchisiga chetdan o‘rinbosar qidirishi shartmas. Zero klubda o‘shanday futbolchi bo‘lsa bunga ehtiyoj yo‘q. U Sarrismoni qutqarib qolishda qo‘lidan kelganini qiladi. Faqatgina unga imkon berilsa bo‘ldi.
Fikrlar