Saul: Hech qachon "Real"ga o‘tmayman
“Atletiko” futbolchisi Saul Niges “Real”ga umuman o‘tmasligini ta’kidlab o‘tdi.
– Meni kelajakda nima kutayotganini bila olmayman. Mening “Atletiko” bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomam bor va klubda baxtliman. Biroq futbolda hech narsa abadiy emas va barchasi menga bog‘liq emas.
– Shuni aniq ayta olamanki, hech qachon “Real”ga o‘tmayman. Buni tasavvur ham qila olmayman, – deya Saulning so‘zlarini keltiradi Cadena Ser nashri.
Saul “Atletiko” yoshlar jamoasiga 14 yoshida aynan “Real”dan kelgan. O‘shanda u ikki yil “qirollik klubi”da o‘ynagan.



Fikrlar