
"Seltik" yangi mavsum uchun 50 ming abonament sotib ulgurdi
Shotlandiyaning “Seltik” klubi 2017/18 yilgi mavsum uchun 50 ming abonament sotib ulgurgani haqida e’lon qildi. Ta’kidlash kerakki, bu o‘tgan yilgi natijadan ancha ko‘pdir. Boisi, ular o‘tgan mavsum 41 ming abonament sotishga muvoffaq bo‘lishgan edi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, “Seltik” to‘p suruvchi “Seltik Park” o‘yingohi o‘z bag‘riga 60 832 tomoshabinni sig‘dira oladi. Brenden Rojers boshchiligidagi jamoa yakunlangan mavsumda Shotlandiya chempionligi va kubogini ko‘lga kiritgan edi. Bundan tashqari “Seltik” o‘tgan mavsum o‘zining uy uchrashuvlarida biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.
Fikrlar