"Sevilya" 60 yillik qora an’anaga barham berdi
Avval xabar berganimizdek “Sevilya” kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida “Manchester Yunayted”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.
E’tiborlisi, andalusiyaliklar 60 yillik tanaffusdan so‘ng yana ushbu musobaqaning chorak finalida to‘p suradigan bo‘lishdi. “Sevilya” so‘nggi marta 1957/58 yilgi mavsumda ushbu musobaqaning 1/4 finalida o‘ynagan. O‘shanda ushbu turnir Evropa chempionlar kubogi deb nomlanar edi.
Eslatib o‘tamiz, EChLning chorak final bosqchiga 16 mart kuni qur’a tashlanadi.

Fikrlar