"Sevilya" argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinaning "Rosario Sentral" klubi yarim himoyachisi Valter Ivan Montoyya faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. 
23 yoshli futbolchi "Sevilya" bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolashga kelishib olgan. Bu haqda andalusiyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Montoyya tez kunlarda "Sevilya"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Ispaniyaga keladi. Agar futbolchining sog‘ligi bilan hech qanday muammo bo‘lmasa, u holda klub futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.


Ma’lumot uchun, Montoyya yakunlangan mavsumda Argentina chempionatining 12ta uchrashuvida ishtirok etib, 2ta golga assisentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!