Shahnoza Mirzaeva para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati kumush medali sohibasiga aylandi (foto)

CHERY AUTO

Joriy yilning 23-27 avgust kunlari Chexiyaning Rasitse shahrida para-kanoe sport turi bo‘yicha Jaxon Chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionatda ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda ishtirok etgan paralimpiyachimiz Shaxnoza Mirzaeva yurtimiz sharafini ximoya qildi.

Tecno

Shaxnoza Mirzaeva 200 metr masofani 51.778 natijasi bilan bosib o‘tib, faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medali sohibasiga aylandi. Shiddatli kechgan bahslarda 1-o‘rin avstraliyalik sportchi Amanda Reynolds (50.344) ga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Ruminiyalik sportchi Mixaella Lulea (52.033) egalladi.

Endi O‘zbekistonlik para-kanoechilar joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Osiyo Kubogiga qizg‘in hozirlik ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!