Shahzodbek Sobirov bosniyalik raqibini mag‘lub etdi
Venriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun bellashuvlari doirasida -90 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Shahzodbek Sobirov bosniyalik Riyad Dedeichga qarshi ham tatamiga ko‘tariladi.
Qiziqarli kechgan bahsda esa sportchimiz raqibi ustidan vazare evaziga g‘alaba qozondi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Sobirovning ushbu bosqichdagi raqibi britaniyalik Maks Styuard bo‘ladi.

Fikrlar