"Shalke" EChLda TsSKAning 13 yil oldingi natijasini takrorladi

  • 21 fevral, 2019, 15:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Shalke” o‘z maydonida EChL 1/8 final dastlabki uchrashuvida “Manchester Siti”ga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 68-daqiqasiga kelib hakam “shaharliklar” himoyachisi Nikolas Otamendiga qizil kartochka ko‘rsatdi va maydondan chetlatdi. Shundan so‘ng gelzenkirxenliklar bir kishi ko‘p bo‘lib 2:1 hisobida oldinga chiqib olishdi. Ammo, ular ushbu natijani saqlab qola olishmadi. O‘yinning 85-daqiqasidan so‘ng shaharliklar 2ta to‘p kiritishdi va g‘alabani ilib ketishdi.

Shu tariqa “Shalke” EChL tarixida ko‘pchilik bo‘lib hisobda oldinga borgan holatda imkoniyatni boy berib qo‘ygan ikkinchi jamoa bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bungacha faqatgina Moskvaning TsSKA klubi bunday tarzda mag‘lub bo‘lgan edi. “Armiyachilar” 2006 yilda “Gamburg”ga (2:3) imkoniyatni boy berishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!