"Shanxay SIPG" qay tarzda "Guanchjou Evergrand"ni mag‘lub etdi? (Foto+video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan "Shanxay SIPG" klubi chempionlik uchun kurashda asosiy raqobatchisi bo‘lgan "Guanchjou Evergrand" mehmoni bo‘ldi.

"Tianhe" stadionida kechgan qarama-qarshilik gollarga boy o‘tdi va unda shanxayliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ahmedov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

Shu tariqa "Shanxay SIPG" chempionat bahslari tugashiga ikki tur qolganida eng yaqin ta’qibchisini 5 ochkoga ortda qoldiri. Chempionlikni naqd qilish uchun esa Vitor Perreyra shogirdlariga yana 1ochko olish talab etiladi. Jamoa o‘zining navbatdagi uchrashuvini 7 noyabr kuni "Beyjing Jenxe" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Quyida kechagi bellashuvdan olingan fotosuratlar va darvozalarga kiritilgan gollar aks etgan videolahvani  tomosha qilish imkoniga egasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!