Shaxram G‘iyosov janubiy koreyalik bokschini ta’zirini berib qo‘ydi
69 kg vazn toifasida qit’amizdagi tengsiz bokschi hamyurtimiz Shaxram G‘iyosov Boks bo‘yicha Osiyo chempionatidagi g‘alabali yurishini davom ettirmoqda.
Biroz avval bokschimiz chorak final bahslari doirasida Janubiy Koreya vakili Seonhyonga qarshi ringga ko‘tarildi.Ushbu jangda mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qila olgan Shaxram G‘iyosov raqibi ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi. Jang davomida ketma-ket nokdaunga uchragan janubiy koreyalik bokschi jangni muddatidan avval tugatishga majbur bo‘ldi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar