
“Shaxtyor” etakchisi bugun “Manchester Siti”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
Donetskning “Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Marlos UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
“Konchilar” bosh murabbiyi Paulu Fonsekaning so‘zlariga ko‘ra 30 yoshli futbolchi Ukraina chempionatining o‘tgan turida jarohat olgan va u ikki hafta maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, "Shaxtyor" - "Manchester Siti" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar