
Shoahmedov jamoasining yangi mavsum uchun tayyorlangan libosini namoyish etdi
U Malayziya Superligasi a’zoasi - "Terengganu" klubi bilan shartnoma imzolagani borasida xabar berib o‘tgan edik. Mazkur jamoa kuni kecha yangi mavsum uchun tayyorlangan liboslar to‘plamini namoyish etdi.
"Al-Ikhsan" kompaniyasi "Terengganu" uchun oq rangdagi uy liboslari, safardagi uchrashuvlar uchun esa qora rangdagi ekipirovkalar tayyorladi.
Ma’lumot uchun, Malayziyada yangi mavsum 1 fevraldan boshlanadi. Shu kuni Shoahmedovning jamoasi safarda PKNS klubi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar