
Shohida Ahmedova: Oltinga umid qilgandim, biroz omad etishmadi
«Kichik Olimpiada»da O‘zbekiston tarixida ayollar kurashi bo‘yicha dastlabki medalni qo‘lga kiritgan Shohida muvaffaqiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Albatta oltin medalga tayyorgarlik ko‘rgandim. Qozog‘iston, Venesuela, AQSh, Belorus vakilalarini mag‘lubiyatga uchratdim. Finalda esa shvetsiyalik raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydim. Qo‘ldan kelganicha harakat qildim. Biroz omad etishmadi. Ammo, mana shunday saviyadagi musobaqada kumush medalga ega chiqqanimdan juda xursandman. Oldinda yangidan-yangi musobaqalar kutib turibdi. Kelajakda bundanda yaxshi harakat qilib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olmoqchiman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman», – deya uning so‘zlarini keltirib o‘tdi MOQ rasmiy sayti.
Fikrlar