
Shomurodovning jamoasi APLdan futbolchi sotib oldi
Angliyaning "Brayton" klubi xavbeki Matias Normann faoliyatini Rossiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda 22 yoshli norvegiyalik futbolchi hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan "Rostov" kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, Normann "Brayton" safiga 2017 yil ko‘chib o‘tgan edi. Ammo, u o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoada birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.
Normann joriy mavsumni Norvegiyaning "Molde" klubi safida ijara asosida o‘tkazmoqda. U hozircha 10ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar