Shomurodovning jamoasi bu mavsum Evropa ligasi uchun kurashadi

  • 26.02.2019 14:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Rostov" klubi sobiq murabbiyi Igor Gamulaning so‘zlariga ko‘ra jamoa bu mavsum Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi.

“Rostov” har bir o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga chiqadi va Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi. Jamoa mavsumning qolgan qismida deyarli barcha etakchilarni o‘z maydonida qabul qiladi - "Spartak", "Lokomotiv", "Krasnodar" va "Zenit", - deydi Gamula.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” ayni damda Rossiya premer-ligasida 17ta turdan so‘ng 28 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!