Shota Arveladze: Guruh bosqichidagi raqiblarimiz juda ham kuchli

  • 19 fevral, 2019, 22:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"O‘yinda g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqishimiz kerakligini aytgandim. O‘yinchilarim bilan faxrlanaman, ular yaxshi jihatlarini ko‘rsatishdi. Oxirgi haftalarda qattiq mehnat qildik, barchaga rahmat aytaman. Klubimiz prezidenti Bobur Shodievga alohida minnatdorchilik bildiraman. U biz uchun barcha sharoitlarni muhayyo etmoqda.

Tecno

Biz ko‘proq imkoniyatlar yaratdik. Mezbonlar standart vaziyatlardan keyin keskin holatlar yaratishga urinishdi, bizda esa yaqqol vaziyatlar anchagina bo‘ldi.

O‘zbek jamoalari ushbu turnirda yaxshi ishtirok etishgan. O‘zbekistonda futbolni juda yoqtirishadi. Biz imkon boricha uzoqroq borishga harakat qilamiz. Guruhimizni, undagi jamoalarni bilamiz. Juda kuchli guruh. Biz bor imkonimizni ishga solishda davom etamiz.

Nafaqat g‘alaba, balki biz amalga oshirayotgan ish ham juda muhim. Buni eng muhim g‘alaba deb aytmayman, ammo Chempionlar Ligasiga chiqish juda muhim edi", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!