Shota Arveladze: Oxirgi daqiqalarda o‘yinni o‘zgartirdik

  • 19 iyul, 2018, 08:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha mamlakatimizning bir qator shaharlarida Superliganing 17-turidan o‘rin olgan bahslar bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Jumladan, shu kuni Navoiy shahrida “Qizilqum” va “Paxtakor” o‘zaro kuch sinashishdi. Qiziqarli va shiddatli kechgan uchrashuvda “sherlar” 2:1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yindan so‘ng “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yinni juda ham sekin boshladik. Raqib ko‘proq to‘pni nazorat qilishga intildi. Biz mana shunday golni kutgandik. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar bir necha imkoniyat bo‘ldi, darvozabonimiz qutqardi. Oxirgi 15 daqiqada o‘yinga qaytdik. Bu chiroyli g‘alaba bo‘ldi. "Qizilqum"ga keyingi uchrashuvda omad tilayman.

Biz agressiv o‘ynamadik, o‘tkazilgan golni o‘zimiz olib keldik. Navoiyda o‘ynash doim og‘ir. O‘tgan mavsumda bu erda durang o‘ynagandik. Maydon eng yaxshilaridan biri, stadiondagi muhit ham ajoyib bo‘ldi. Futbol ko‘rish uchun kelgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ularning sevimli jamoasi g‘alaba qozona olmagan bo‘lsa ham, yaxshi futbol tomosha qilishdi.”, - deydi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!