Shunqor Abdurasulov ham Sankt-Peterburgdagi musobaqaning yarim finalida!
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Gubernator kubogi turnirida uch nafar bokschimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov va -91 kg vaznda Sanjar Tursunov chorak finalda ishonchli jang o‘tkazib, haqli ravishda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Kecha o‘tkazilgan janglarda yana bir hamyurtimiz Shunqor Abdurasulov (60 kg) ham sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
U chorak finalda mezbonlar vakili Levan Xasayani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Bugun final uchun bo‘ladigan qarama-qarshilikda u rossiyalik Izlyan Tigran bilan kuch sinashadi.
Yarim final janglari bugun bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar