
Shvaynshtayger jamoasini «Real»ga qarshi sardor sifatida boshlab tushadi
«Chikago Fayr» klubi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida MLS yulduzlari jamoasi safida maydonga tushadi.
Germaniyalik futbolchi MLS yulduzlari sardori etib tayinlangani aytilmoqda. Sardorlikka David Vilya va Tim Xovardlar ham nomzod sifatida qayd etilishgan edi.
MLS yulduzlari va «Real» o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 2 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar