
Slovakiya o‘rtoqlik o‘yinida Daniyani yirik hisobda engdi
Kecha FIFA kunlari doirasida Slovakiya o‘z maydonida Daniya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Gollarga boy kechgan bahsda omad maydon egalariga kulib boqdi.
Slovakiya - Daniya - 3:0 (2:0)
Golllar: Nemets, 11 - 1:0, Rusnak, 37 - 2:0, Fogt, 79 (avtogol) - 3:0
Slovakiya: Kozachik, Shkrtel (Dember, 83), Gubochan, Mazan, Shatka, Xamshik (Duda, 61), Vayss (Pachinda, 67), Kutska (Gregush, 61), Rusnak (Mak, 46), Xroshovski, Nemets (Dyurish, 46).
Daniya: Xogx, Bannis (Xunsballe, 46), Bertelsen (Yakobsen, 71), Yoxansen, Nilsen, Gaudin, Xeybyue (Fogt, 61), Kempel (Xolm, 61), Vollesen (Fens, 71), Yoxansson (Bommelunn Kristensen, 84), Offenberg.
Fikrlar