O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining navbatdagi yig'in uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum
Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi 4–9 yanvar kunlari Milliy futbol markazida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi.
Yoshlarimiz yigʻinning ikkinchi qismini Turkiyada davom ettiradilar. Yigʻin doirasida 11 va 14 yanvar kunlari Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, jamoamiz 2026 yilda U-20 Osiyo kubogi saralash musobaqasida ishtirok etadi. 2027 yilda esa Osiyo kubogi va yurtimiz mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik olib boradi.
Bosh murabbiy tomonidan yanvar oyidagi yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bu haqida UFA maʼlum qildi




Fikrlar