“So‘g‘diyona” bugun ko‘k, "Bunyodkor" esa oq rangli libosda o‘ynaydi
Ushbu bahs oldidan o‘yin komissari Aleksandr Davidenko boshchiligida har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda ertanggi o‘yinning tashkiliy masalalari hal qilindi va uchrashuvda jamoalar qanday libosda harakat qilishlariga aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra “So‘g‘diyona” ko‘k,"Bunyodkor" esa oq rangli libosda harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz,bahs bugun 17 avgust kuni soat 20:30 da “Milliy ” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar