"Sport TV" JCh o‘yinlarini namoyish etadi
Xabaringiz bor, 4-20 may kunlari Daniyaning Kopengagen va Xerning shaharlarida xokkey bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
82-bor tashkil etilayotgan musobaqada xokkey bo‘yicha dunyoning eng sara 16 ta terma jamoasi g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
MTRK “Sport” TV mazkur musobaqaning translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berildi.
Xokkey ihlosmandlari Jahon chempionatining eng sara bellashuvlarini “Sport” TVda tomosha qilish imkoniyatiga egalar.

Fikrlar