"Sport" telekanali O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidagi 4 o‘yinni jonli efirda ko‘rsatadi

  • 17 may, 2018, 10:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogining nimchorak finalidan joy olgan uchrashuvlarning vaqti aniq bo‘lgani borasida xabar bergan edik. E’tiborlisi, "Sport" telekanali ushbu bosqichdan o‘rin olgan 4 ta bellashuvni jonliy efirda namoyish etishni rejalashtirgan.

Tecno

Jumladan, kanal Pro-liganing “Iftixor” hamda “Dinamo” jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarga e’tibor qaratishni lozim deb topdi va kubok doirasidagi bu ikki jamoa o‘yinlarini 17:00 ga qo‘yishni so‘radi.

Shu orqali futbol muxlislari Yoshlar Ittifoqi asosida tuzilgan “Iftixor” klubi haqida ma’lumotga ega bo‘lib oladi. Ayni vaqtda mazkur jamoa tomonidan qurilayotgan stadionda ta’mirlash ishlari yakuniga etmagan. Etgan taqdirda ham, uni IIV hamda PFL komissiyalari alohida-alohida o‘rganib chiqishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, yangi stadiondan translyatsiya uyushtirish imkoniyatini MTRK vakillari tekshiruvdan o‘tkazishi lozim. Bu ishlarni 29 may sanasigacha yakunlash uchun hozir ancha kech. Shundan kelib chiqib, “Iftixor” — “Paxtakor” o‘yini Oltiariqdagi Superliga talabiga javob bermaydigan stadionda emas, balki Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Samarqandning “Dinamo” klubi “Qizilqum”ga qarshi kurash olib boradi. Samarqand shahri aholisi katta futbolni sog‘inib qolgani sir emas. Ayni vaqtda “Dinamo”ning Pro-Ligadagi ishtirokini ham qoniqarli deb bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, “Sport” telekanali Samarqanddagi futbol uchrashuvini ham jonli namoyish etish istagini bildirdi. Bu o‘yin ham iftorlik vaqtiga qadar yakuniga etib ulguradi.

O‘zbekiston Kubogining qolgan uchrashuvlari xuddi Superligadagi holat kabi start oladi. Ya’ni, ulardagi tanaffus iftorlik vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, “Sport” telekanali 1/8 final bosqichining jami 4 ta uchrashuvini jonli ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Kubogi. 1/8 final

29 may (seshanba)

17:00  “Iftixor” — “Paxtakor” (live)

19:02  “Bunyodkor” — “So‘g‘diyona” (live)

30 may (chorshanba)

17:00  “Dinamo” — “Qizilqum” (live)

19:03  AGMK — “Nasaf” (live).

1/8 final bosqichi g‘oliblari faqatgina bitta o‘yin orqali aniqlanadi. Ya’ni, uchrashuv asosiy va qo‘shimcha daqiqalari durang bilan yakuniga etsa, penaltilar seriyasiga navbat beriladi.

Mazkur holat jonli efir rejalariga tegishli tartibda o‘zgartirish kiritishi mumkin. Agar birinchi o‘yinlar qo‘shimcha daqiqalarga qadar cho‘zilsa, u holda “Sport” telekanali vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!