
"Sporting" yozda "Real" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchisini sotadi
"Sporting" klubi mavsum yakunlangach o‘zining etakchi yarim himoyachisi Bruno Fernandeshni transferga qo‘yishga tayyor. Bu haqda Correio de Manha nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra lissabonliklar Evropa grandlari e’tiboriga tushgan ushbu futbolchisini sotib, mo‘may daromad ishlab olishmoqchi. Ta’kidlash keraki 24 yoshli portugaliyalik futbolchiga "Real", "Barselona", "Yuventus", "Milan", PSJ, "Liverpul" va "Chelsi" kabi jamoalar da’vogarlik qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Fernandesh joriy mavsum “Sporting” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar