
Stanislav Cherchesov: Bizni tekshiraverishlaridan charchadik, bizga doping kerak emas
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov nega futbolda boshqa sport turlaridan farqli ravishda doping deyarli uchramasligini aytdi.
“Faqat bir kun o‘zini yaxshi ko‘rsatishi kerak bo‘lgan sport turlari mavjud. Bizda esa har doim o‘yinlar va mashg‘ulotlar davom etadi. Bizni har safar tekshiraverishdi. Biz bundan charchadik. Biz dopingga muhtoj emasmiz, chunki futbolda yugurish va sakrashdan tashqari juda ko‘p tarkibiy qismlar mavjud. Masalan sprinter 100 metrga yugurishini aniq biladi, futbolchi esa yugurish bilan birga sheriklariga pas ham berishi kerak, vaqtida bo‘sh zonada ochilishi kerak, maydondagi futbolchilar o‘zaro bir-birini tushunishi kerak. Shuning uchun ham bizda doping yo‘q”, - deydi tajribali mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya o‘z maydonida o‘tgan mundialda chorak finalga qadar etib bora olgan edi.
Fikrlar