Suares "Arsenal"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Denis Suares "Arsenal"ga o‘tishga rozilik bildirdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “kanonirlar” 25 yoshli ispaniyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum yakunigacha ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bundan avvalroq unga shuningdek "Chelsi", "Everton", "Vest Xem" va "Uotford" klublaridan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Suares asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar