Suares PSJga ko‘chib o‘tishi mumkin
Frantsiyaning amaldagi chempioni hisoblangan PSJ klubi "Barselona" forvardi Luis Suaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sport.es internet nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra parijliklar mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan urugvaylik hujumchi Edinson Kavani o‘rniga aynan uning 31 yoshli hamyurtini olib kelmoqchi.
PSJ rahbariyati Suares uchun Kavanining transferidan keladigan mablag‘ ustiga yana 20 mln evro qo‘shib berishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ bundan roppa-rosa bir yil muqaddam 222 mln evro evaziga “Barselona”dan braziliyalik hujumchi Neymarni sotib olgan edi.
Fikrlar