
Subashich, Lovren va Vrsalko Xorvatiya terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi
Xorvatiya terma jamoasining uch nafar asosiy tarkib futbolchisi Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim bahs oldidan bugungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra mashg‘ulotlarda darvozabon Daniel Subashich va himoyachilar Deyan Lovren hamda Shime Vrsalkolar ishtirok etishmagan.
Esatib o‘tamiz, Subashich Rossiyaga qarshit chorak final bahsining qo‘shimcha bo‘limlarida jarohat olgan bo‘lsa, Vrsalko shu o‘yinda jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Ma’lumot uchun, Angliya – Xorvatiya bahsi 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar