Super to‘qnashuvlarda Krouford, Jennings, Uayt va Gvozdik muddatidan oldin g‘alaba qozondi
19 avgust kuni Linkoln (Nebraska shtati) shahrida professional boks kechasi tashkil qilindi. Kechaning asosiy qarama-qarshiligida yarim o‘rta vazn toifasida WBO va WBC kamarlari sohibi Terens Krouford va WBA Super va IBF chempionlik kamarlari egasi Julius Indongo o‘zaro bahs olib borishdi. Mazkur jangning uchinchi raunddida Krouford raqibini uzil-kesil nokautga uchratdi va to‘rrta chempionlik kamarlarini o‘zida birlashtirdi.
Bunday natijani so‘nggi marta 2005 yili Jermeyn Teylor mutloq jahon chempioni Bernard Xopkinsni mag‘lub etib, qo‘lga kiritgan edi.

Shuningdek, kechaning yana bir qiziqarli bellashuvida yarim og‘ir vaznda Aleksandr Gvozdik Kreyg Beykerni oltinchi raundda nokautga uchratgan bo‘lsa, sobiq jahon chempioni Mayk Alvarado braziliyalik Sidney Sikeyrani og‘ir nokautga uchratib, to‘rtinchi jangida ketma-ket g‘alaba qozondi.
Bundan tashqari super og‘ir vaznda amerikalik Brayant Jennings ikkinchi raundning o‘zidayoq Deniel Marttsni texnik nokautga uchratdi.
Dillian Uayt esa uch raundda Malkolm Tanni to‘rt marta nokdaunga tushirib, muddatidan oldin g‘alabani tantana qildi.

Fikrlar