Superliga: Qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

  • 03.02.2018 15:40
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun, 3 fevral kuni Toshkentdagi “Interkontinental” mehmonxonasida yangi mavsum Superliga bahslari uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Ushbu marosim soat 15:15da boshlanadi.

Ta’kidlash joiz, yangi mavsumda Superligada 12ta klub ishtirok etadi.

Ayni paytda klublar vakillari va OAV hodimlari qur’a tashlash marosimiga etib kelishgan. 

Tadbirni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev olib boradi.

Dastlab PFL rahbari Omon G‘ofurov so‘zga chiqib, bu yilgi chempionat o‘zgacha o‘tishini atib o‘tmoqda.

Hozir chempionat qay tartibda o‘tkazilishi borasida rolik namoyish etilmoqda.

Shundan so‘ng FIFA hakami Ravshan Ermatov so‘zga chiqdi. 

Ravshan Ermatov: Biz UFA rahbari aytganlaridek, hakamlikka katta e’tibor qaratishimiz, o‘yinlarda ko‘p hushtak chalmasdan jamoalarga o‘ynashga imkoniyat berishimiz lozim. Biz bu borada konferentsiya keyin gaplashib olganmiz. 

Demak, boshlandi!!!

1-tur

"Bunyodkor" - AGMK

"Paxtakor" - "So‘g‘diyona"

"Neftchi" - "Nasaf"

"Buxoro" - "Qo‘qon-1912"

"Qizilqum" - "Lokomotiv"

"Metallurg" - "Navbahor"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!