Taekvondochilarimiz jahon kubogida 45ta medalni ko‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Joriy yilning 29 noyabr – 3 dekabr kunlari Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar , kadetlar va kattalar o‘rtasida Jahon Kubogida musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 18 davlatidan 1975 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 53 nafar sportchimiz himoya qilishdi. Delegatsiyamizga O‘zbekiston Taekvondo ITF Assotsiatsiya rahbari Laziz Xasanov boshchilik qildi. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 18 ta oltin, 9 ta kumush va 18 ta bronza medalni ko‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.

 

Sportchilarimiz bugun yurtimizga qaytib keladilar. Terma jamoamiz soat 20:00da, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinadi.

Ma’lumot uchun, 8-9 dekabr kunlari poytaxtimizda taekvondo ITF sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi, tadbirda Xalqaro Taekvondo ITF prezidenti, IMGS Butun jahon yakka kurash va jang san’ati prezidenti ishtirok etishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!