Taekvondochilarimiz reyting musobaqalarida ishtirok etish uchun Eronga jo‘nab ketishdi

  • 25 fevral, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Taekvondo WTF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari reyting musobaqalarida ishtirok etish uchun Eronning Kish shahriga yo‘l olishdi. U erda sportchilarimiz ikkita turnirda qatnashadilar. 28 fevral – 3 mart kunlari «3rd WT President’s Cup – Asian Region» musobaqasi bo‘lib o‘tsa, 4-5 mart kunlari sportchilarimiz «Fajr Open» turnirida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Tecno

Terma jamoamiz Eronga quyidagi tarkibda jo‘nab ketdi:

Erkaklar:

-54 kg: Valentin Xegay
-58 kg: Suhrob Bobobekov
-63 kg: Niyoz Po‘latov
-68 kg: Sardor Toirov
-74 kg: Nikita Rafalovich
-80 kg: Maksim Rafalovich
-80 kg: Shuhrat Salaev
+87 kg: Shohrux Rajabov

Ayollar:

-49 kg: Madinabonu Mannopova
-53 kg: Charos Qayumova
-53 kg: Dinoraxon Mamadibragimova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova

Murabbiylar: Bobur Qo‘ziev, Aleksandr Kim, Pahlavon Sobirov

Shifokor: Aliya Irmanova

Hamyurtimiz Dmitriy Kim musobaqalarda hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!