
Talyafiko uchun kurashga "Atletiko" va "Arsenal" ham qo‘shildi
"Ayaks" klubi himoyachisi Nikolas Talyafiko uchun "Atletiko" va "Arsenal" klublari ham kurash boshlashdi. Bu haqda ESPN xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” ham, “kanonirlar” ham mavsum yakunlanigi bilan 26 yoshli argentinalik futbolchini sotib olishga harakat qilib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Madridning “Real” klubi Talyafikoni jamoadan ketishga yaqin turgan Marseloga munosib o‘rinbosar sifatida qarayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mu’lumot uchun, Talyafiko joriy mavsum “Ayaks” safida jami 30ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amsterdamliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar