Tampere-2017: Xodicha Najimova g‘oliblik uchun kurasha oladimi?
Bugun Finlandiyaning Tampere shahrida davom etayotgan sprort kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 4-kuniga start beriladi.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlarda 55 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Xodicha Najimova g‘oliblik uchun gilamga chiqadi.
Nimchorak final bosqichidan bahslarga qo‘shiladigan sportchimiz dastlabki bellashuvini Belrus vakilasi Katsiarina Pichkuskayaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar