Tayson 2018 yilda 3 ta super jang o‘tkazadi
Og‘ir vaznda WBA/IBF/WBO sobiq chempioni sanaladigan Tayson Fyuri 2018 yilda 3 ta jang o‘tkazadi.
“Men 2018 yilning aprelida buyuk jang o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘ryapman. Yana biri – yozda. Keyingisi esa yil so‘nggida bo‘lib o‘tadi. 2018 yilda 3 ta og‘ir jang bo‘ladi”, – deb aytib o‘tdi Fyuri o‘zining “Twitter”dagi rasmiy sahifasida.
Qayd etish joiz, Fyuri 2015 yilda Vladimir Klichkoni hakamlar xulosasiga ko‘ra mag‘lub etganidan beri boshqa jang o‘tkazmadi.

Fikrlar