Tbilisi Gran-prisi: Bobonov va Boltaboevda mag‘lubiyat, Boboev final ostonasida

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri bahslari davom etmoqda. Bugunngi kun dasturidan o‘rin olgan bahslarda vakillarimizdan -73 kilogramm vazn toifasida G‘iyosjon Boboev va -81 kilogramm vazn toifasida Davlat Bobonov va Sharofiddin Boltaboevlar ishtirokini boshladi.

Xususan, Sharofiddin Boltaboev dastlabki raundda gruziyalik Koba Mchedlishvili to‘sig‘idan o‘ta olmagan bo‘lsa, Davlat Bobonov esa ikkinchi raundda Ambako Avalianiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-73 kilogramm vazn toifasida kurashga kirishgan G‘iyosjon Boboev esa eronlik Muhammad Muhammadi va niderlandiyalik Sem Van Vestendeni mag‘lub etgan holda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu bellashuv natijasi SPORTS.uz internet axborot portali orqali tez orada e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!