Teo Ernandes "Real"dan ketishga tayyor

  • 27.07.2018 10:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi xavbeki Teo Ernandes boshqa jamoaga o‘tishni ma’qullamoqda.

AS nashrining xabar berishicha 20 yoshli futbolchi faoliyatini "Real Sosedad"da davom ettiradi. Aniqrog‘i, San-Sebastyan klubi futbolchini madridliklardan bir yilga ijaraga oladi.

“Real” ham o‘z navbatida Ernandesning etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, o‘z sport formasini yaxshilab olishi uchun uni boshqa jamoaga berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ernandes “Real” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Alaves”dan ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan bir yil davomida u “Real” safida bor yo‘g‘i 10ta o‘yinda maydonga tushgan holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!